🔺 Uchrashuv jarayonida 1-Pediatriya fakultet dekani A.A.Nasirov fakultet bosh tyutori SH.SH.Xidirova fakultet xotin-qizlar boʻyicha dekan maslahatchisi Usta-Azizova D.A. talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi.
🔺 Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi, Talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, Ta’lim sifatini oshirish yo‘llari, Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Dekan esa har bir murojaatga alohida e’tibor qaratib, amaliy tavsiyalar berdi.
🔺 Ushbu uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish,
mas’uliyat hissini mustahkamlash, kelajakdagi kasbiy faoliyatiga ongli yondashuvini shakllantirish kabi muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
🔺 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr-mulohazalarini tinglash hamda talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
🔺 «Dekan va yoshlar» uchrashuvi samimiy va ochiq muloqot ruhida bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, dolzarb masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, kelgusidagi rejalar haqida fikr almashildi.

