Haqiqiy shoirning qabri bo‘lmaydi, yurakka ko‘milar asl shoirlar

🔺Joriy yilning 23-aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalari o‘rtasida shoir Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan she’rlar tanlovi o‘tkazildi.

🔺Tadbir davomida talabalar o‘z iste’dodlarini namoyon etib, shoir ijodidan namunalarni yoddan aytib berdilar. Har bir ishtirokchi she’riyatga bo‘lgan mehrini, his-tuyg‘ularini va sahna madaniyatini yuksak darajada namoyish etdi. Tanlov qizg‘in va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi hamda hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari adolatli baholandi.

🔵Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
🔹1-o‘rin: 421-DI guruh talabasi Muttaliyeva Madina
🔹2-o‘rin: 209-DI guruh talabasi Jabbarova Madina
🔹3-o‘rin: 224-DI guruh talabasi Bazorov Madiyor

🔵Bundan tashqari, 10 dan oshiq talaba turli xil nominatsiyalarga ega bo‘lishdi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🔺Mazkur tanlov yoshlar qalbida she’riyatga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamlash, buyuk shoir xotirasini yod etish hamda iste’dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

🔹Mas’ul tyutor: F.M.Shamuddinova
Hakamlar hay’ati:
🔹Tyutorlar: B.R.Zulfiqorov, N.B.Yuldashev
🔹Hududlararo koordinator: Y.M.Umarov;

🔺Tadbir tashkilotchilari:
Fakultet yetakchi-koordinatori: S.N.Talatova hamda ,,MedDominus” jamoasi rahbari va o’rinbosari:
J.R.Abdiqodirov; D.B.Bahodirova, M.A.Abdubannoyeva

Leave a comment