🔺Ushbu anjuman Asfendiyarov nomidagi Qozogʻiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, unda Belarus Respublika Gigiena, Epidemiologiya va Jamoat Salomatligi Markazidan N.A.Dolgina, E.V. Drozdova, E.V.Fedorenkolar, RF Erisman nomidagi federal gigiyena ilmiy markazi, Dizenfektologiya institutidan Novikov Vyacheslav Alekseevich, Asfendiyarov nomidagi Qozogʻiston davlat tibbiyot universiteti professori Anambayeva Aygul Ibodullayevna hamda mahalliy oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, yosh olimlari, magistratura va bakalavriatura bosqichi talabalari ishtirok etishdi.
🔺Hozirgi kunda iqlim oʻzgarishi global miqyosida tezkor kechayotgan jarayonlardan biridir. Dunyoda har yili oʻrtacha haroratning oshib borishi, iqlim inqirozini kuchaytiruvchi ekstremal ob-havo hodisalari, choʻllanish, suv resurslarining qisqarishi kabi muammolar tobora oshmoqda. Bu oʻzgarishlar tabiiy ekotizimlarga, qishloq xoʻjaligiga, iqtisodiy barqarorlikka salbiy taʼsir koʻrsatish bilan birga, eng muhimi, inson salomatligiga bevosita xavf tugʻdirmoqda.
🔺Bugungi anjuman profilaktik tibbiyot, atrof-muhit va jamoat salomatligi sohalaridagi dolzarb muammolarni muhokama qilish, iqlim oʻzgarishi, ekologik muammolarni hal qilish borasida tajriba almashish uchun muhim maydon vazifasini oʻtaydi.
🔺Toshkent davlat tibbiyot universitetida Gigiyena va ekologiyaning zamonaviy bosqichdagi muammolari borasida ilmiy izlanishlarni yanada chuqurlashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va talabalarni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish borasida oʻz oldiga ulkan maqsadlarni qoʻygan. Bunday anjumanlar ana shu ezgu maqsadlarga yetishishda muhim oʻrin tutadi.
🔺Anjuman barcha ishtirokchilar uchun samarali va foydali mulohazalar, yangi gʻoyalar va mustahkam hamkorliklar uchun zamin yaratadi.




