Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti tashabbusi bilan “Tibbiyotimizning barhayot siymosi” mavzusida xotira kechasi tashkil etildi.

🔺Mazkur tadbir tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik, marhum Turg‘unpo‘lat Obidovich Daminovning hayoti, ilmiy faoliyati va tibbiyot rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini yod etishga bag‘ishlandi.
🔺Tadbirda universitetning 1-prorektori Bobomuratov Turdikul Akramovich, Yuqumli va yuqumli bolalar kasalliklari kafedrasi dotsenti Magzumov Hamidulla Boshirovich, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
🔺Xotira kechasi davomida ustozning boy ilmiy merosi, yaratgan ilmiy maktabi va yoshlar uchun ibrat bo‘ladigan hayot yo‘li haqida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan she’riy chiqishlar, ijodiy ishlar va muzey eksponatlari namoyishi tashkil etildi.
Tadbir yakunida ustoz xotirasi yana bir bor hurmat bilan yod etildi.

Leave a comment