🔺2026-yil 20-aprel kuni Aprel — Amir Temur oyligi munosabati bilan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan viktorina yuqori saviyada o‘tkazildi.
🔺 Viktorina savollari to‘liq Amir Temur hayoti, davlatchilik siyosati, harbiy yurishlari va boy tarixiy merosi mavzusiga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar o‘z bilim va zakovatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
🔺 Tadbir davomida Amir Temur hayotidan bir parcha sahna ko‘rinishi namoyish etildi va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Viktorinaning yuqori saviyada tashkil etilishida Fundamental tibbiyot yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.
🔺 Shuningdek, Yunusobod tumani 98-umumiy ta’lim maktabining 3-“G” sinf o‘quvchisi Saylauyev Nursultan o‘zining aktyorlik mahoratini namoyon etib, tadbirda faol qatnashdi. Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida milliy tariximizga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
🔹 Tadbirning mas’ul tyutori — Rismuxamedova Guljan Amanovna.



