Yig‘ilish davomida universitetning Termiz hamda Chirchiq filiallari faoliyati yuzasidan batafsil hisobotlar tinglandi. Mazkur hisobotlarda filiallarda olib borilayotgan o‘quv, ilmiy va tashkiliy ishlarning holati, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar tahliliy yondashuv asosida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etildi. Unda kafedraning ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va talabalar bilan ishlash borasidagi faoliyati alohida ko’rib chiqildi.
Ilmiy kengash yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan universitet rektori Shuxrat Boymuradov tomonidan mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq vazifalar hamda tegishli topshiriqlar belgilab berildi.
Mazkur yig‘ilish universitet faoliyatini yanada takomillashtirish, tizimli muammolarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.






