🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Ortopedik stomatologiya propedevtikasi” kafedrasi xodimlari Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif amalga oshirdilar.
🔺Tashrif doirasida texnikumda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va o’quvchilar uchun “Stomatologiyada raqamlashtirish’’ mavzusida seminar-trening va mahorat darsi o’tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini kengaytirish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda nazariy bilimlarini chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.
🔺Texnikum jamoasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatilgan ilmiy-metodik yordam, o‘quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan amaliy ko‘mak va hamkorlik tashabbuslarini mamnuniyat bilan qabul qildi.
🔺Tadbir davomida talabalar va yosh mutaxassislar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar hamda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.
🔺Bunday ilmiy-amaliy uchrashuvlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, pedagoglar malakasini yuksaltirish hamda yosh mutaxassislarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, mazkur hamkorlik texnikumda ta’lim sifati yanada oshishiga xizmat qiladi.




