Toshkent davlat tibbiyot univesiteti talabalarning salomatligi nazoratda.

🔺24-aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Pediatriya fakulteti dekani A.A.Nasirov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D.A.Usta-Azizova, bosh tyutor Sh.Xidirova va tyutor M.M.Raxmonovalar tomonidan 3-bosqich 306-guruh talabasi Ummanova Fatimaning holidan xabar oldilar.

🔺Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20-aprel kuni Fatima va uning guruhdoshlari tushlik vaqtida ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan edi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy muolajalardan so‘ng, 3 kun davomida davolanib, to‘liq sog‘aygan holda shifoxonadan javob berildi. Hozirgi kunda talaba-qizlarning salomatligi yaxshi bo‘lib, o‘zlarini tetik his qilmoqdalar.

🔺Tashrif davomida talabaning salomatligi, yashash sharoiti hamda o‘qish jarayoniga qaytishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, unga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, ovqatlanish tartibiga e’tibor berish hamda salomatlikni asrash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Leave a comment