Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-davolash fakultetida nazorat va monitoring ishlari olib borildi.

🔺2-davolash fakulteti dekanati tomonidan o‘zlariga biriktirilgan kafedralarda o‘quv jarayonining tashkil etilishi, xodimlarning ish faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yilganligi, o‘quv mashg‘ulotlari olib borilayotgan bazalarning holati, talabalar davomati hamda elektron jurnal yuritilish jarayonlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

🔺 Jumladan, Klinik farmakologiya, 2-son ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedralariga tashrif buyurilib, ta’lim jarayonining sifati va tashkiliy ishlari yuzasidan monitoring olib borildi.

🔺 Mazkur o‘rganishlar davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✨ Sifatli ta’lim — kelajak poydevori!

Leave a comment