Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Jamoat salomatligi texnikumlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasidagi navbatdagi tashrifi

🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti ’’Ichki kasalliklar ,nefrologiya va gemodializ ’’ kafedrasi xodimlari professor Ataxodjayeva G.A ,dotsentlar Mirzayeva B.Ml,Adilova D.Sh,assistentlar Gaziyeva X.Sh ,Qosimova G.B , AnvarovaSh.G’,valiyev A.Alar Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif amalga oshirdilar.
🔺Tashrif doirasida texnikumda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va o’quvchilar uchun “Yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi’’ va “Siydik yo’llari infeksiyasini oldini olish ” mavzularida seminar-trening va mahorat darslarinio’tkazildi .Ushbu mashg‘ulotlar tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini kengaytirish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda nazariy bilimlarini chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.

🔺 Texnikum jamoasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatilgan ilmiy-metodik yordam, o‘quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan amaliy ko‘mak va hamkorlik tashabbuslarini mamnuniyat bilan qabul qildi.

🔺Tadbir davomida talabalar va yosh mutaxassislar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar hamda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.

🔺 Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini rivojlantirish, texnikum pedagoglari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy ishlarga malakali taqriz berish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishdir.

Leave a comment