Toshkentda “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Alpomish muz saroyida “Muhandislik oyligi” doirasida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Siradjev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, soha mutaxassislari hamda iqtidorli yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida xalqaro festivalning turli yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi. Festival doirasida namoyish etilgan innovatsion loyihalar, muhandislik yechimlari va startap tashabbuslar yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Quvonarlisi, turli nominatsiyalar bo‘yicha Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, g‘oliblar safidan joy oldilar.

Mazkur festival mamlakatimizda muhandislik va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish, yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish hamda ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a comment