1-may — Favvoralar kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetida bayramona tadbirlar tashkil etilib, universitet hududida zamonaviy infratuzilma namunasi bo‘lgan favvoralar ishga tushirildi.
Mazkur favvoralar universitet hududining me’moriy qiyofasini yanada boyitib, estetik jihatdan jozibador muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ular talaba-yoshlar uchun qulay va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlovchi maskan sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Suv, yorug‘lik va atrof-muhit uyg‘unligida yaratilgan ushbu inshootlar universitet hayotiga o‘ziga xos fayz bag‘ishlab, tashrif buyuruvchilar va talabalar uchun estetik zavq manbaiga aylangan.
Ushbu tashabbus talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ruhiy hordiq olishini ta’minlash hamda sog‘lom va qulay muhitni shakllantirishga qaratilgan.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi barchani Favvoralar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.



