Pediatriya fakulteti talabalari tomonidan yoshlar o‘rtasida kasbiy yo‘naltirish va tajriba almashishni kuchaytirish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔺 Joriy yilning 30-aprel kuni universitetning faol talabalari Sergeli Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif doirasida talabalar va texnikum o‘quvchilari ishtirokida mazmunli va ochiq muloqotga boy davra suhbati o‘tkazildi.

🔺 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro bilim va amaliy tajriba almashib, tibbiyot sohasiga oid dolzarb mavzular yuzasidan fikr yuritdilar. Shuningdek, yoshlar uchun kasb tanlash, tibbiyot yo‘nalishida tahsil olishning ahamiyati hamda kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘llari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Bu esa o‘quvchilarning tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

🔺 Bunday uchrashuv va davra suhbatlari yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularni to‘g‘ri kasbiy yo‘naltirish hamda kelajakda yetuk va malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a comment