Toshkent davlatt tibbiyot universiteti talabalari Xotira va qadrlash maydoniga tashrif buyurishdi.

🔺Joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 1 va 2 kurs talabalari Xotira va qadrlash maydoni hamda Motamsaro ona haykali monumentiga tashrif buyurishdi.

🔺Mazkur tashrif talabalarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ajdodlarimizning boy tarixiy merosini chuqur anglashga undash maqsadida tashkil etildi. Tashrif davomida talabalar yurtimiz ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasini yod etib, ularning hayoti, jasorati va fidoyiligi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

🔺Motamsaro ona haykali poyida talabalar bir daqiqalik sukut saqlab, ajdodlarimiz ruhiga chuqur hurmat bajo keltirishdi. Ushbu jarayon har bir ishtirokchining qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.

🔺Tashrif yakunida talabalar o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bunday tadbirlar ularning qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat va kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashini alohida qayd etishdi. Ular yurt ravnaqi, tinchligi va farovonligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

🔺“Ajdodlar xotirasi — muqaddas, ularni yod etish esa har birimizning sharafli burchimizdir!”

🔹Mas’ul tyutorlar:
F.M.Shamudinova,
N.N.Sa’dullayeva
S.X.Asamova
SH.R.Xamraliyeva

Leave a comment