⚡️ “Munozara” respublika turnirining Toshkent shahar hududiy bosqichi doirasida 3-guruh o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
🔍Mazkur bahslarda poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘zaro bilim, mantiqiy fikrlash, tahliliy yondashuv hamda notiqlik mahorati bo‘yicha bellashdi.
⚡️ Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:
🥇 1-o‘rin: Toshkent davlat tibbiyot universiteti
🥈 2-o‘rin: ISFT universiteti
🥉 3-o‘rin: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
🥉 3-o‘rin: TIFT universiteti
⚡️ Shu tariqa, Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi “Munozara” respublika turnirining final bosqichiga yo’l oldi.



