Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash” tadbiri bo’lib o’tdi.

🔺Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda tarix fanlari doktori, professor A.A.Mavrulov tomonidan mazmunli va batafsil ma’ruza taqdim etildi.

🔺Mazkur mashg‘ulot talabalarda Vatanga sadoqat, millat fidoyilariga hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratildi. Dars davomida talabalar tarixiy va zamonaviy fidoyilar – xalq, Vatan, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida xizmat qilgan insonlar hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🔺Professor A.A.Mavrulov o‘z ma’ruzasida birinchichi va ikkinchi jahon urushlari insoniyat tarixidagi eng og‘ir sinovlardan biri bo‘lganini, bu urushlar orqali tinchlikning qadri yanada yaqqol namoyon bo‘lganini ta’kidladi.

🔺Bugungi kunda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni asrash har birimiz uchun ustuvor vazifa ekanini alohida qayd etdi. Shuningdek, Vatan, xalq va taraqqiyot yo‘lida jasorat ko‘rsatgan millat fidoyilarini doimo qadrlash va ular xotirasini e’zozlash zarurligini ta’kidladi.

Leave a comment