Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda akademik litseylar va texnikumlar o‘rtasidagi hamkorlik doirasidagi navbatdagi tashrif

🔺 Toshkent davlat tibbiyot universitetini “Tibbiy va biologic kimyo, Tibbiy biologiya, Biofizika va Tibbiy informatika” kafedrasi dotsentlari N.T.Alimxodjayeva, G.G.Sulaymanova, M.A.Qodirov, X.N.Akbarxodjayeva va U.Sh.Rixsiyevalar Universitetni 2- akademik Litseyiga tashrif etdilar.

🔺Tashrif davomida Universitetning professor-o’qituvchilari Litseyini kimyo 1- kurs o’qiuvchilari (101-102 va 103 guruhlar) bilan 25.04.2026 yilda “Tibbiy kimyo” faninig’ tibbiyot oliygohlari talabalarini q’qitishdagi mazmun va mohiyati mavzusidagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

🔺Shu bilan birga Litsey jamoasi Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatilgan ilmiy-metodik yordam, o‘quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan amaliy ko‘mak va hamkorlik tashabbuslarini mamnuniyat bilan qabul qildi. Tadbir davomida talabalar va yosh mutaxassislar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

🔺 Mazkur tashrifning asosiy maqsadi – o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yoshlar kelajagiga befarq bo’lmaslik.

Leave a comment