✅Mazkur markaz o‘zida boy tarixiy meros, ilm-fan va ma’naviyatni mujassam etgan holda, o‘tmish bilan bugunni bog‘lovchi hamda kelajak taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy-ma’rifiy maskan sifatida katta taassurot qoldirdi. Bu yerda namoyish etilgan noyob eksponatlar va zamonaviy yondashuv asosida yaratilgan .
✅️Ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan Muqaddas Qur’on zalida namoyish etilgan multimedia talabalarda chuqur taassurot uyg‘otdi. Ushbu zalda dunyodagi eng qadimiy Qur’on nusxalaridan biri — mo‘tabar Usmon Mushafi saqlanayotgani tashrifning eng muhim va hayajonli lahzalaridan biri bo‘ldi.
✍️ Mazkur tashrif talabalarning tarixiy xotira, ma’naviy qadriyatlar va ilmiy merosga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamladi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi
05.05.2026



