🔹 2026-yil 5-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida stomatologiya sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislar ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🔹Uchrashuvda AQSh, Rossiya, Belarus va Qozog‘istondan tashrif buyurgan xorijiy mutaxasisslar qatnashdi.
🔹Uchrashuv davomida tomonlar stomatologiya sohasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda klinik amaliyotni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
🔹Uchrashuv yakunida kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


