Toshkent davlat tibbiyot universitetida akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalariga bag;ishlangan xalqaro ilmiy- amaliy konferensiya bo’lib o’tmoqda

🔺Ayni vaqtda Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Akusherlik va ginekologiyada innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Mazkur nufuzli konferensiyada mahalliy va xorijiy yetakchi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi shifokorlar hamda yosh olimlar ishtirok etmoqda. Konferensiya doirasida akusherlik va ginekologiya sohasida zamonaviy diagnostika va davolash usullari, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, ona va bola salomatligini muhofaza qilishning dolzarb masalalari muhokama qilinmoqda.

🔺Tadbir davomida ilg‘or ilmiy ishlanmalar taqdimoti, tajriba almashish sessiyalari hamda interaktiv muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilar uchun muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan xulosalar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

🔹Shuningdek, konferensiya tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy bilim va tajribalarni o‘zaro almashish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Leave a comment