Toshkent davlat tibbiyot universitetida «9-may – Xotira va qadrlash» kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazilmoqda

🔺Ayni vaqtda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va xotira marosimlari bo‘lib o‘tmoqda.
🔹9-may — Vatan ozodligi, tinchligi va erkinligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizni yod etish, urush va mehnat faxriylarini, shuningdek, mamlakatimiz ravnaqi uchun fidokorona xizmat qilgan insonlarni qadrlash kunidir.

🔺Joriy yilda ushbu sana mamlakatimizda “Burch, jasorat, matonat!” bosh shiori ostida tashkil etilmoqda.

🔹Toshkent davlat tibbiyot universitetida tashkil etilgan tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylariga alohida e’tibor qaratilib, ularning mardligi, sabr-toqati hamda Vatan oldidagi xizmatlari chuqur ehtirom bilan tilga olinmoqda.

Leave a comment