Toshkent davlat tibbiyot universiteti Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasida navbatdagi innovatsion amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

🔺Kafedra katta o‘qituvchisi A.Yu.Mustanov tomonidan o‘tkazilgan ushbu darsda zamonaviy laboratoriya uskunalaridan foydalanishning yangi bosqichlari amaliy ko‘rsatib berildi. Mashg‘ulotda 3-davolash fakulteti talabalari faol ishtirok etishdi.

🔺Mikrobiologiya fanidan o‘tkazilayotgan darslar endi nafaqat nazariya, balki yuqori texnologik jarayonlar bilan boyitilmoqda.

🔺Mikrobiologiya fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalar va molekulyar diagnostika usullari talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
🔺Zamonaviy mikroskoplarda olib borilgan tadqiqotlar va DNK/RNK darajasidagi tahlillar bo‘lajak shifokorlarning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Leave a comment