Mazkur uchrashuvda Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nasiba Dushanova, Toshkent davlat tibbiyot univetditeti Xotin-qizlar kengashi raisi I.K.Maxkamova, 1-Pediatriya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi D.A.Usta-Azizova, Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.M.Shamudinova, 2-pediatriya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Yo.B.Ulasheva, Posira mahallasi xotin-qizlar faoli G.B. Musayeva, universitet psixologlari G. Djumanova, G.Soyibnazarova, G.Umirova shuningdek, 1-Pediatriya fakulteti tyutorlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida talaba-qizlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirayotgan hamda qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Xususan, xotin-qizlarning ta’lim, ilm-fan, sport va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi faolligini yanada oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yunusobod tumani tomonidan tashkil etilgan
“Ayol — qadriyatlar davomchisi” ko‘rik-tanlovida 1-Pediatriya fakultetining “Sharq malikalari” jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nasiba Dushanova tomonidan yana bir bor taqdirlandilar.
Ular ayol zoti ulug‘ligi, sharqona qadriyatlar va ma’naviy go‘zallikni o‘z chiqishlarida yorqin ifoda etdilar
Mazkur muloqot yoshlar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda kelajak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.