Oʻzbekiston-Xitoy ta’lim rektorlarining II forumi Toshkentda bo’lib o’tmoqda

➡️Bugun, 2025-yil 2-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Oʻzbekiston–Xitoy taʼlim rektorlarining II forumi oʻz ishini boshladi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vaziri ishtirok etmoqda.

🔹Forum doirasida Oʻzbekiston va Xitoyning 160 dan ortiq oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, kasb-hunar markazlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli anjuman ikki mamlakat oʻrtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ilmiy almashinuv va akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Forum doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

🔹Ushbu hujjat ikki oliygoh o‘rtasida ilmiy-tadqiqot faoliyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Ushbu memorandum taʼlim sifatini oshirish, kadrlar tayyorlashda ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish hamda qoʻshma dasturlarni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.

Leave a comment