Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Walid Fouque tashrif buyurdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Walid Fouque tashrif buyurdi.

Oliy ta’lim muassasasining bosh binosida mehmonni universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov samimiy kutib oldi.

Tashrif davomida elchiga Toshkent davlat tibbiyot universitetining faoliyati, ta’lim jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda zamonaviy klinik bazalari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Shuningdek, tomonlar tibbiyot ta’limi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va akademik almashinuv masalalarini muhokama qilmoqda.

Leave a comment