Musobaqa yuqori sport ruhi, jamoaviy hamjihatlik va chinakam raqobat muhitida o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch va mahoratini namoyish etdi. Tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilgan bahslar sport ixlosmandlariga unutilmas lahzalarni taqdim etdi.
Qizg‘in kechgan o‘rtoqlik musobaqasi yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Toshdavtu voleybol jamoasi
2-o‘rin — TDAU voleybol jamoasi
3-o‘rin — Toshdavtu 1- pediatriya voleybol jamoasi.
Mazkur sport tadbiri oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Mas’ul: Fayziyev Z.B.



