photo_2026-04-02_13-19-21
Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘rtoqlik uchrashuvi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida “Arental” xususiy oliy ta’lim muassasasi voleybol terma jamoasi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti terma jamoasining o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida qiziqarli va murosasiz o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Bellashuv davomida jamoamiz sportchilari yuqori mahorat, jipslik va kuchli iroda namoyish etib, raqib ustidan 3:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mazkur uchrashuv yoshlar […]

photo_2026-02-04_15-41-15
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-pediatriyada universitetning voleybol terma jamoasi hamda Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti voleybol jamoalari o‘rtasida qizg‘in va murosasiz o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yuqori sport ruhi, jamoaviy hamjihatlik va chinakam raqobat muhitida o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch va mahoratini namoyish etdi. Tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilgan bahslar sport ixlosmandlariga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Qizg‘in kechgan o‘rtoqlik musobaqasi yakunlariga ko‘ra: 1-o‘rin — Toshdavtu voleybol jamoasi 2-o‘rin — TDAU voleybol jamoasi 3-o‘rin — Toshdavtu 1- […]