Mazkur uchrashuvlar tezkorlik, aniqlik va jamoaviy hamjihatlikka boy bo‘lib, har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etdi. Qizg‘in pallalar, kuchli hujumlar va ishonchli himoya o‘yinga yanada katta shiddat bag‘ishladi.
Navbatdagi bahslarda 1-son Davolash fakultetining “Nefrit”, 2-son Davolash fakultetining “Diamond”, Xalqaro fakultetning “International”, shuningdek Pediatriya fakultetining “Twix” va “Parvoz II” jamoalari o‘zaro bellashdi.
Uchrashuvlar natijalari:
Nefrit — Parvoz II (2:0)
Parvoz II — Diamond (2:0)
International — Parvoz II (2:0)
Parvoz II — Twix (2:0)
Musobaqalar sport ruhi, iroda va g‘alabaga bo‘lgan intilish bilan tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Mas’ul: F.Z. Nurimova







