8-Mart Xalqaro Xotin-Qizlar kuni bayrami munosabati bilan talaba qizlarimizdan sher’xonlik kechasi.

🔺Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

🔺Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi. Ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo‘ladi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayol bilan go‘zaldir.

🔵O‘zbekistonimiz turmush tarzining osudaligi, baxt-saodatli va totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning aql-zakovati, o‘tkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan ta’kidlab o‘tishimiz joiz.

🔹1-pediatiriya fakulteti xotin qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi Dilnoza Axrorovna fakultet bosh tyutori Shaxlo Xidirova

Leave a comment