🔺Joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda. Ushbu ezgu tashabbus doirasida yurtimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
🔺Mazkur tadbirlar doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, erta tongdan boshlab universitet hududida hashar ishlari tashkil etildi. Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda talaba-yoshlar tomonidan hududlarni tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish, daraxt va gul ko‘chatlariga parvarish ko‘rsatish kabi obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bunday umumxalq hasharlari jamoada hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlash, atrof-muhitni asrab-avaylash, hududlarni yanada obod va fayzli qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda pokiza va ozoda muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi ham ushbu xayrli tashabbusda faol qatnashib, yurtimiz obodligi va go‘zalligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.