🔹Mazkur hamkorlik doirasida universitetning “Ortodontiya va tishlarni protezlash”» kafedrasi professor-o‘qituvchilari texnikumga tashrif buyurdilar.
🔹 Tashrif davomida yosh tibbiyot xodimlariga “Ortodontiya haqida tushuncha” mavzusida seminar o’tkazishdi.
🔹 Tashrifdan ko’zlangan maqsad o’zaro hamkorlikda bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish hamda texnikum o’qituvchilarining olib borgan ilmiy ishlariga taqriz berish masalalari bo’ldi.
🔹Texnikumning faol jamoasi bunday tashriflar va ilmiy-tadqiqot ishlaridagi amaliy yordamlar tashkil etilganligidan mamnun bo’lishdi.
🔹 Tadbir davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga jabob oldilar va faol qatnashdilar.
🔹Natijada texnikumda ta’lim sifatini oshishi, talabalarning malakasi va bilim darajasi yaxshilanishi ko’zda tutilgan.


