🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishida seminar tashkil etildi. Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi dotsenti Muxamedova Nigora Saydimuxtarovna hamda kafedra assistenti Shakirova D.D. ishtirok etib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
🔺Seminar “Yoshlar – buyuk kelajagimiz va sog‘lom turmush tarzi kategoriyalari talabalar talqinida” mavzusida tashkil etilib, unda yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash hamda jamiyat taraqqiyotida yoshlarning o‘rni haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
🔹Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarga yo‘llangan murojaatlar asosida tayyorlangan videoroliklar namoyish etilib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim va rivojlanish uchun mavjud shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔺Seminar yakunida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan texnikumning a’lochi talabalari hamda o‘z kasbiga sadoqat bilan faoliyat yuritayotgan ustozlar e’tirof etildi. Ularga o‘zbek adiblarining badiiy kitoblari hamda bahoriy nafosat bag‘ishlovchi sharflar sovg‘a qilindi.
🔹Mazkur tadbir davomida yaratilgan samimiy muhit va e’tibor o‘qituvchi hamda talabalarni o‘z kasbiga va bilim olish jarayoniga yanada mas’uliyat bilan yondashishga undaydi. Shuningdek, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, jamiyat farovonligiga hissa qo‘shishi hamda mamlakatimiz aholisi salomatligini mustahkamlash va o‘rtacha umr davomiyligini oshirishga xizmat qiladi. 


