🔺2026 yil 14-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari Utayev G‘ayrat G‘aybullayevich hamda Xudoyberdiyev Rashid Zokir o‘g‘li 1-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurib, o‘quvchilar uchun mahorat darsini o‘tkazdilar.
🔺Mazkur mahorat darsi “Xalqaro terrorizm tushunchasi. Terrorchilik holati sodir etilganda tibbiy yordamni tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars davomida terrorchilikning mohiyati, uning jamiyat hayoti va inson salomatligiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔺Shuningdek, terrorchilik harakatlari odamlar hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishi, jamiyatda qo‘rquv va vahima uyg‘otishi hamda davlat yoki jamiyatga bosim o‘tkazish maqsadida sodir etiladigan zo‘ravonlik harakatlari bilan bog‘liq ekani ta’kidlab o‘tildi. Bundan tashqari, bunday vaziyatlarda tibbiy yordamni tezkor va samarali tashkil etishning muhim jihatlari haqida ham tushunchalar berildi.


