Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni doirasida navbatdagi ma’rifat darsi “Yil boshi – Navro‘z” mavzusida yuksak saviyada tashkil etildi.

🎙 Tadbir mehmoni:
👤 Abduxalil Abdulxayevich Mavrulov – tarix fanlari doktori, professor

🔺Professor o‘z ma’ruzasida Navro‘zning kelib chiqishi, uning qadimiy kalendar tizimlari bilan bog‘liqligi hamda “yil boshi” tushunchasining mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirib berdi. Shuningdek, Navro‘zga xos udumlar — sumalak tayyorlash, sayilgohlar, xalq o‘yinlari, bag‘rikenglik va hamjihatlik ruhi kabi qadriyatlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. “Yil boshi – Navro‘z”, “Ezgulik bayrami” kabi tushunchalarning ma’naviy ahamiyati ham keng yoritildi.

🔺Shuningdek, tadbir davomida universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i Xasanova Mashhura Abduvalievna so‘zga chiqib, Navro‘z — Sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining eng qadimiy va muqaddas bayramlaridan biri ekanini ta’kidladi. U ushbu bayram tabiatning uyg‘onishi, yangi yilning boshlanishi, ezgulik, mehr-oqibat va yangilanish timsoli sifatida yuksak qadrlanishini alohida qayd etdi.

📍 Tadbir universitetning 40 dan ortiq ma’ruza va faollar zallarida tashkil etildi.
🔄 Dars Zoom va YouTube platformalari orqali onlayn tarzda jonli efirda ham namoyish etildi.

👨‍👩‍👧 Umumiy qamrov: 30 000 nafardan ortiq talaba-yoshlar

🔺 Mazkur ma’rifat darsi talaba-yoshlar ongida ezgulik, milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy merosga sadoqat, bag‘rikenglik va yurtga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Leave a comment