#Giyohvandlikka_qarshi

💠Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakulteti dekani A.A. Xamrayev rahbarligida, universitet rektori Sh.A. Boymurodovning talabalarga murojaatnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.

🔺Mazkur tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti profilaktika katta inspektorlari kapitan Z.N. Mirzayev va I.B. Mamasaliev ishtirok etib, stomatologiya hamda pediatriya yo‘nalishi 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

🔺Tadbir “Yoshlar — giyohvandlikka qarshi” shiori ostida o‘tkazilib, unda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalarning huquqiy madaniyati va mas’uliyatini oshirish masalalari keng muhokama qilindi.
🔺Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan talabalarga giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat va kelajak avlod uchun salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlar hamda huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida ham ma’lumotlar yetkazildi.
🔺Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan ularga atroflicha javoblar berildi.
🔺Mazkur profilaktik tadbir yoshlarni turli zararli illatlardan yiroq bo‘lishga chaqirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning huquqiy ongini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Leave a comment