💠 Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

🔺Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida iqtidorli va yetakchi talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuv yoshlarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini rag‘batlantirish hamda ta’lim jarayonida faol ishtirokini yanada kengaytirishga qaratildi.

🔵Uchrashuv davomida universitet rektori tomonidan iqtidorli talabalar bilan bevosita suhbat olib borilib, ularning ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni ochiq bayon etib, ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik va talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar. Bildirilgan murojaatlar asosida tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

➡️Mazkur uchrashuv iqtidorli talaba-yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda universitetda faol, tashabbuskor va mas’uliyatli yoshlar muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Leave a comment