Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2 – son Davolash ishi fakulteti dekani A.A. Irnazarov rahbarligida, “Yoshar va rahbar “ uchrashuvi tashkil etildi.

🔺Uchrashuv davomida talabalarga giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat va kelajak avlod uchun salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlar hamda huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida ham ma’lumotlar yetkazildi.
🔺 Shu bilan birga, uchrashuv doirasida nomdor davlat stipendiyalariga tayyorlanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, iqtidorli talabalar uchun zarur tavsiyalar va yo‘nalishlar berildi. Bu esa yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish va ularni yanada katta yutuqlarga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🔺Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan ularga atroflicha javoblar berildi.

Leave a comment