🏛 Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari o‘rtasida
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi!” shiori ostida o‘tkazilgan
🎨 “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi o‘z yakuniga yetdi.
📊 Tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
🥇 1-o‘rin – To’xtayev Ozodbek Murotali o’g’li
(2-Stomatologiya fakulteti talabasi)
🥈 2-o‘rin – Davronova Iroda Jasurjon qizi
(2-Davolash fakulteti talabasi)
🥉 3-o‘rin – Xudoyqulova Hulkar Anvar qizi
(Tibbiy pedagogika, stomatologiya, farmatsiya va pediatriya ishi fakulteti talabasi)
📝 Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan giyohvandlikka qarshi kurash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yoshlarning bu boradagi qarashlarini aks ettiruvchi mazmunli va ijodiy rasmlar taqdim etildi. Har bir ijodiy ish o‘zining dolzarbligi, badiiy yondashuvi va g‘oyaviy mazmuni bilan ajralib turdi.
🏆 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
👏 G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz hamda barcha ishtirokchilarga faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
🌿 Yoshlar — sog‘lom jamiyat poydevori!

