Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar va qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni kirib kelgan 21-mart – Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik ayyomi. Ushbu qutlug‘ kun barchamizga sog‘lik, baxt-saodat, xonadonlarimizga fayzu baraka olib kelsin. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, qalblarimizda esa doimo mehr va hamjihatlik hukm sursin.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, ulkan zafarlar va yorqin kelajak tilayman!

Hurmat bilan,
Shuxrat Boymuradov
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor

Leave a comment