🌷Navro‘z bayrami munosabati bilan 2026-yil 21–22-mart kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-yanvardagi 36-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi doirasida
🏛️Toshkent davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda faol va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalardan iborat jamoa qadimiy va betakror Buxoro shahriga sayohat uyushtirdi.
🔹Sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosini o‘zida mujassam etgan bir qator muqaddas va diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qildilar.
🕌Jumladan, Ark qal’asi, Minorai Kalon, Bahouddin Naqshbandiy majmuasi, Mirzo Ulug‘bek madrasasi, Sitorai Mohi Xosa hamda Labi Hovuz majmuasi kabi tarixiy obidalar sayohat qatnashchilarida unutilmas taassurotlar qoldirdi.
🔹Mazkur obidalar o‘zining betakror me’moriy yechimi, qadimiy tarixi va milliy ruhni aks ettiruvchi muhit bilan barchani hayratga soldi. Sayohat davomida ishtirokchilar nafaqat dam olib, balki yurtimizning boy tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🔹Universitet jamoasi — professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar — bunday ezgu tashabbusni amalga oshirishda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar uchun universitet rahbariyati hamda Kasaba uyushmasiga samimiy minnatdorchilik bildiradilar.


