🔺Joriy yilning 18-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalari ishtirokida “Yashil kelajak uchun bir nihol” nomli ko‘chat ekish marosimi tashkil etildi.
🔺Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishga hissa qo‘shishdan iborat bo‘ldi.
💠Tadbir davomida talabalar tomonidan mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.Ayniqsa, 202-DI, 205-DI, 210-DI, 211-DI va 213-DI guruhlari talabalari yuqori faollik ko‘rsatib, tadbirda munosib ishtirok etdilar.
🔺Ko‘chat ekish jarayoni ko‘tarinki ruhda, jamoaviy hamjihatlik asosida tashkil etildi.
🔹Tashkilotchilar:
🔹Fakultet YoBIB dekan o’rinbosari: A.K. Xudayberdiyev
🔹Tyutorlar: F.M. Shamudinova,
N.N. Sa’dullayeva, Sh.R. Xamraliyeva, S.X. Asamova, N.B. Yuldashev, B.R. Zulfiqorov, R.B. Aliqulov
🔹Universitet yoshlar ittifoqi hududlararo koordinatori: Yo.M. Umarov
🔹Tibbiy-pedagogika va Davolash Fakultet yetakchi-koordinatori: S.N. Talatova





