Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalariga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o’tkazilmoqda

🔹 2026-yil 26-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetining Stomatologiya kampusida «Zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalari va organizmning morfofunksional holatini o‘rganishda sun’iy intellektning roli» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o’z ishini boshladi.

🔹 Anjumanda respublika va xorijiy yetakchi tashkilotlarning yetakchi olim, tashkilotchi va mutaxassislar ishtirokida zamonaviy morfologiyaning dolzarb masalalariga bag’ishlangan 30 ga yaqin ma’ruzalar taqdim etilmoqda.

🔹 Mazkur anjuman fiziologiya sohasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda amaliyotga innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.

 

 

 

 

 

Leave a comment