Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston nevrologlari jamoat birlashmasi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirda bir guruh xorijiy ekspert va yosh nevrologlar qatnashyapti.
📌 Forumni Sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari Elmira Basitxanova hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuhrat Boymuradov kirish so’zi bilan ochdi.
💬 Qayd etganidek, mazkur anjuman nevrologik kasalliklarni erta aniqlash, zamonaviy davolash usullari hamda innovasion yondashuvlar yuzasidan o’zaro tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
💫 Forum ertaga Andijon davlat tibbiyot institutida o’z ishini davom ettiradi.
🚑 Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

