🔺2026-yil 25-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetida 2-bosqich stomatologiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Dekan va yoshlar uchrashuvi” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
🔺Mazkur uchrashuvda fakultet dekani A.A. Xamrayev, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.A. Musayev, yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Sh. Rustamova hamda tegishli bo‘lim va tuzilma mas’ullari ishtirok etdilar.
🔺Tadbir davomida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning o‘quv jarayoniga oid muammolari, ijtimoiy sharoitlari hamda mavjud ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi.
🔺Shuningdek, Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi rahbari, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, psixoterapevt dotsent Polvonov Rasulbek Baxtiyorovich tomonidan talabalarga psixologik ko‘mak ko‘rsatilib, ularning ruhiy barqarorligini mustahkamlash va stressli holatlarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
🔺Bundan tashqari, Olmazor tumani ATSJOOB bo‘limi boshlig‘i mayor Yarmatov Sherzod Xayitbayevich hamda mayor Xudoyqulov Rustam Taniqulovich tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish, axborot xavfsizligini ta’minlash va raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
🔺Uchrashuv jarayonida kredit-modul tizimi asosida ta’limni tashkil etish tartibi, universitetda faoliyat yuritayotgan ilmiy va ijodiy to‘garaklar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda talaba-yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
🔺Tadbir yakunida talabalar tomonidan bildirilgan savol va murojaatlar yuzasidan mas’ul shaxslar tomonidan asoslantirilgan javoblar berildi hamda ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
🔺Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini tizimli o‘rganish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.




