Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 2-bosqichning 265 nafar talabalari ishtirokida “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔺Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr-mulohazalarini tinglash hamda talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
🔺Uchrashuv jarayonidan
fakultet dekani F.I.Salomova talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi. Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar;
Ta’lim sifatini oshirish yo‘llari;
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Dekan esa har bir murojaatga alohida e’tibor qaratib, amaliy tavsiyalar berdi.
🔺Ushbu uchrashuv yoshlarning
ijtimoiy faolligini oshirish,
mas’uliyat hissini mustahkamlash,
kelajakdagi kasbiy faoliyatiga ongli yondashuvini shakllantirish
kabi muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺“Dekan va yoshlar” uchrashuvi talaba va rahbariyat o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlab, o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu kabi tadbirlar yoshlarning barkamol avlod bo‘lib shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Leave a comment