Yoshlar bilan muloqot: Toshkent davlat tibbiyot universitetida yangi tashabbuslar sari qadam.

🔺Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi , Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Yoshlar akademiyasi Davolash fakulteti lideri Orifjonov Dalerjon Rustamovich tomonidan Toshkent davlat tibbiyot talabalari bilan ochiq uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda universitet faollari va talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.

🔺 Muloqot davomida talabalarga nomdor davlat stipendiyalari, ularni qo‘lga kiritish tartiblari hamda mahalliy va xalqaro miqyosdagi stajirovka imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy va ilmiy loyihalardagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🔺 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalar tomonidan ilgari surilgan yangi g‘oyalar va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

🔺 Mazkur uchrashuv yoshlar va vakillik organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Leave a comment