Toshkent davlat tibbiyot universitetida «Prorektor va yoshlar» uchrashuvi bo’lib o’tdi.

🔺 Toshkent davlat tibbiyot universiteti birinchi prorektori T.A.Bobomurotov 1-Pediatriya, 2-Pediatriya va Tibbiy-pedagogika va Davolash fakultetlar guruh sardorlari bilan «Prorektor va yoshlar» mavzusida uchrashuv o’tkazildi.

🔺Uchrashuv davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarlikni oldini olish, narkojinoyatchilik xavfidan ogoh bo’lish masalalari muhokama qilindi.

🔹Prorektor tomonidan yoshlarni ilm-fan, sport va ijtimoiy faollikka yanada kengroq jalb qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.

🔺Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda kelgusida yoshlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🔹Mazkur tashrif talabalarning faolligini oshirish va ular bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a comment