Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Nevrologiya” fanidan xalqaro olimpiada o’tkazildi

2026-yil 27-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi hamda Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti hamkorligida “Nevrologiya” fanidan xalqaro olimpiada o’tkazildi.

🔹 Olimpiadada MDH davlatlaridan 200 nafardan ziyod ishtirokchilar faol qatnashib, o’z bilimlari bilan o’zaro bellashdilar.

🔹Olimpiada 3 bosqichda tashkil etildi:
1-bosqich — test sinovlari (onlayn platforma orqali)
2-bosqich — murakkab vaziyatli masalalar yechimi
3-bosqich — blits savollar

🏆 Tanlovning yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi universitetlar talabalari sovrinli o‘rinlar va nominatsiyalarni egalladilar:
🔘 Toshkent davlat tibbiyot universiteti (O‘zbekiston)
🔘 Mari davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
🔘 Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)

🔹 Olimpiada talabalarga keng imkoniyatlar yaratib, bilim va tajriba almashish, ilmiy muloqotni rivojlantirish hamda nevrologiya sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Leave a comment