Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘rtoqlik uchrashuvi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida “Arental” xususiy oliy ta’lim muassasasi voleybol terma jamoasi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti terma jamoasining o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida qiziqarli va murosasiz o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

Bellashuv davomida jamoamiz sportchilari yuqori mahorat, jipslik va kuchli iroda namoyish etib, raqib ustidan 3:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mazkur uchrashuv yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoalar o‘rtasida do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Terma jamoamizni yorqin g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi musobaqalarda ham omad tilaymiz!

Mas’ul: Z.B.FAYZIYEV.

Tags

Leave a comment