Bugun Qoraqalpog‘iston Tibbiyot Instituti stomatologiya kafedrasi assistentlari hamda Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti dekani Gulyamov Surat Avduvalievich ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv ilmiy va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda stomatologiya sohasidagi dolzarb masalalar, zamonaviy davolash usullari, ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy izlanishlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan qiziqarli va dolzarb ilmiy savollar ko‘tarildi, ularning atroflicha tahlili olib borildi hamda tajriba almashinuvi amalga oshirildi. Ayniqsa, yosh mutaxassislarning ilmiy salohiyatini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlari — qo‘shma ilmiy loyihalar, seminar va konferensiyalar tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi kabi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, stomatologiya sohasida ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Leave a comment